Biznes uchun echimlar
Sun'iy Intellektga asoslangan (AI) echimlarini biznesga, va yirik loyihalarga joriy qilishni, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalaida inson omilini kamaytirish orqali yuqori sifat va doimiy daromadga chiqishni istasangiz bizga murojaat qiling!
Biz — AI texnologiyalari sohasidagi professional dasturchi va tahlilchilar komandasi bo‘lib, 20 yillik tajriba va muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalarimiz bilan faxrlanamiz.
Sun'iy intellekt sohasida quyidagi xizmatlarni ko'rsatamiz:
- Chat-bot va virtual yordamchilar yaratish (Savdo, servis, texnik qo‘llab-quvvatlash va e-commerce uchun);
- AI sohasida maslahat berish (Biznes jarayonlarini optimallashtirish);
- Matnni qayta ishlash (NLP) (Matnni tahlil qilish, tarjima qilish va chatbot yaratish);
- Generativ modellar yaratish (Sun’iy intellekt yordamida tasvirlar, matnlar, musiqa generatsiya qilish);
- AI kurslari va treninglar (Machine Learning, Neyron tarmoqlar, Python bilan AI dasturlash);
- Korporativ ta’lim (Korxonalar uchun AI texnologiyalarini o'rgatish va joriy etish);
- Buyurtma asosida neyron tarmoqlar yaratish (Moliya, tibbiyot, logistika uchun);
- AI yordamida biznes jarayonlarini avtomatlashtirish (Xizmat ko'rsatish, Ishlab chiqarish);
- Bulutli AI modellarini o‘qitish (Google Vertex AI, AWS SageMaker, OpenAI API);
- AI xizmatlari uchun API (Tayyor modellarni ilova va servislarga integratsiya qilish);
- Data Science xizmatlari (Ma’lumotlar tahlili va asosida sun’iy intellekt yechimlari);
- AI startaplarini moliyalashtirish (Yangi g'oyalarga pul tikish, hamkor va investor bo'lish).
Nega aynan biz?
- Katta tajriba: Yuzlab yirik va xususiy loyihalarda sun’iy intellekt va dasturiy yechimlarini muvaffaqiyatli joriy qilganmiz.
- Samarali hamkorlik: Biz mijozlarimiz bilan ochiq va ishonchli muloqot o‘rnatamiz. Har bir loyihada maqsad va talablar to‘liq muhokama qilinadi.
- Tejamkorlik va tezkorlik: Optimallashtirilgan usullarimiz orqali vaqt va mablag‘ni tejashga yordam beramiz.
- Moslashuvchan yondashuv: Har bir mijoz va har bir loyiha o‘ziga xos. Biz taklif qiladigan yechimlar o‘sha xususiyatlarni inobatga olib ishlab chiqiladi.
Muvaffaqiyatli loyihalarimizdan misollar:
-
230dan ortiq veb-saytlar. Davlat tashkilotlari, xususiy sektor va biznes uchun SEO optimallashgan web-saytlar;
- O'zbekistonda TOP-4ga kiruvchi dasturlash va Sun'iy Intellekt sohasidagi o'quv markazi;
- NestOne osmonupar binosida 1-Sun'iy Intellekt akademiyasi (Start 1-sentyabr 2025y);
- 50dan ortiq Web Telegram alternativ saytlar;
- Hotspot dasturi - AI asosidagi WiFi tarmoqlarni boshqarish tizimini O'zbekistonda joriy qilish va sertifikatsiyadan o'tkazish;
- Navoiy shahrini to'liq bepul WiFi tarmoq bilan qoplash;
- Suvoqava va Obodonlashtirish billing loyihalari;
- Koronavirus pandemiyasi haqidagi saytni yaratish, SEO optimizatsiya orqali kunlik 10mln tashrif beruvchilar soniga olib chiqish va xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish (Rossiya 2020);
-
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish chat-botini integratsiya qilish, natijada kompaniyaning mijozlarga javob berish vaqti 60% gacha qisqargan;
-
Mavjud tizimlar bilan AI integratsiyasi - Katta hajmdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash va xodimlar ish samaradorligini nazorat qilish tizimi – mijoz kompaniyada sarf-xarajatlarni 20% ga qisqartirdi;
-
Mashinada o‘qitish orqali ma’lumot tahlili - Savdo prognozlari modellari va BI yaratilishi bilan marketing strategiyasi qayta ko‘rib chiqildi va savdo hajmi 30% oshgan;
- ChatGPT.uz o'zbek tilidagi bepul va cheklovlarsiz versiyasi ishga tushirildi.
Biz bilan hamkorlik nimani beradi?
- Biznesda ustunlik: Sun’iy intellekt joriy etilgan biznes sohjarayonlari raqobatchilarga nisbatan afzallikni ta’minlaydi.
- Innovatsion brend imidji: Mijozlar nafaqat sifatli xizmatlarga, balki zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay oladigan hamkorlarga e’tibor berishadi.
- Tez va samarali xizmat: Biz hamkorlikda ishlash davomida qisqa muddatda ishga tayyor yechimni taqdim etamiz.
Siz ham sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, biznesingizni rivojlantirishni xohlaysizmi? Unda, hoziroq biz bilan bog‘laning!
Новость отредактировал: admin - 12-02-2025, 11:15
Комментарии 9